Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk kuchlari guruhi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2021 yildan beri birinchi marta harbiy formada ko‘rinish berdi.
Putin Kursk qo‘shinlari qo‘mondonlik punktlaridan birida Bosh shtab boshlig‘i Gerasimov bilan uchrashdi.
Rossiya prezidentining asosiy bayonotlari:
🔸Kursk viloyati hududi tez fursatda dushmandan butunlay ozod qilinishi kerak;
🔸viloyatda asirga olingan dushmanlarga terrorchi sifatida qarash kerak;
🔸harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risidagi konvensiya xorijiy yollanma askarlarga tatbiq etilmaydi;
🔸davlat chegarasi bo‘ylab xavfsizlik zonasini yaratish haqida o‘ylash kerak.
O‘z navbatida Gerasimov Ukraina harbiylari Kurskda egallab olgan hududlarning 86% ozod etilganini ma’lum qildi. Hozirda dushman qurshab olingan.