"Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganining besh yilligini katta tantana va harbiy parad bilan nishonladi.
15 avgust kuni Kobuldagi AQShning sobiq elchixonasi oldidan "Tolibon"ga tegishli zirhli mashinalar harakatlandi. Parad ishtirokchilari harakat bayroqlari va shiorlarini namoyish qildi.
"Tolibon" 2021 yilda AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida hokimiyatga qaytgan edi. O‘sha paytda harakat vakillari 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshidagi boshqaruvga nisbatan yumshoqroq siyosat yuritishga va’da bergan.
Biroq xalqaro tashkilotlar va BMT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida Afg‘onistonda gumanitar va tabiiy ofatlar bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, ayollar va qizlarning ta’lim olishi, ishlashi va jamoat hayotida ishtirok etishiga qo‘yilgan cheklovlar xalqaro tanqidlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Shuningdek, mamlakatda turli qurolli va terrorchi guruhlar faoliyatining davom etayotgani Afg‘onistondagi xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.