Britaniya eshittirish korporasiyasi (BBC) Afg‘oniston hukumati vakillari bilan vaziyatni tartibga solish ustida ishlayotganini qo‘shimcha qildi.
"Butun Afg‘oniston bo‘ylab millionlab odamlar ishonchli yangiliklar va ma’lumotlar manbasi sifatida BBC'ga tayanadi", deyiladi korporasiya bayonotida.
“Tolibon” hukumati Axborot va madaniyat vazirligi vakili Xubib Gufran BBC faoliyati yo‘l qo‘yilgan “takroriy qoidabuzarliklar” sababli to‘xtatilganini ma’lum qildi. U aynan qanday qoidabuzarliklar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi.