Ispaniyada mamlakat Kubogining bugunga belgilangan barcha uchrashuvlari qoldirildi.
Bunday qaror Toledo shahrida sodir bo‘lgan fojia sabab qabul qilindi. Ikkita tezyurar poyezd to‘qnashuvi oqibatida bir necha o‘nlab odam halok bo‘lgan.
Chorshanba kuni musobaqaning birinchi bosqichi doirasida 24 ta uchrashuv o‘tkazilishi kerak edi. Payshanba kuniga belgilangan o‘yinlar bo‘yicha qaror keyinroq qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, fojia sodir bo‘lishidan oldin, seshanba kuni Ispaniya Kubogi doirasida 18 ta uchrashuv o‘tkazilgan edi.