Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Tokayev: yirik davlatlar bir-biriga ishonmay qo‘ydi, BMT Xavfsizlik Kengashi esa tinchlikni ta’minlay olmayapti

Tokayev: yirik davlatlar bir-biriga ishonmay qo‘ydi, BMT Xavfsizlik Kengashi esa tinchlikni ta’minlay olmayapti



Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlatlar, ayniqsa yirik mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchsizlik BMT va uning institutlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini bildirdi.

«Davlatlar, ayniqsa yirik mamlakatlar, aslida bir-biriga ishonishni to‘xtatdi. Bu BMT va uning institutlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. BMT Xavfsizlik Kengashi global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarmay qo‘ydi», — dedi Toqayev.


Uning ta’kidlashicha, ana shu «notinch vaziyat» fonida mintaqaviy xalqaro tashkilotlar va jahon sahnasida «o‘rta davlatlar»ning roli tobora ortib bormoqda. Qozog‘iston ham mazkur toifaga kiritilishini prezident qayd etdi.

Kiritildi: 17:14 28.08.2026. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!