DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga chiqib ketayotgan, 1999 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Lochin” rusumli mototransport vositasi tegishli tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, uning tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib qo‘yilgan va bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln so‘mni tashkil etuvchi “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi jami 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlanib, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.