Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonda o‘rta asrlarga oid rasadxona topildi

Tojikistonda o‘rta asrlarga oid rasadxona topildi

Arxeologlar Tojikistonning Darvaz tumanida joylashgan Karon shaharchasidan rasadxona topishdi.

Uning ichida topilgan buyumlar ushbu topilmani rasadxona ekanini tasdiqlaydi.

Topilma xususida Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi Yusufsho Yoqubov bunday deydi: “Rasadxonaning vayronalari ichida turli geometrik shaklga ega bo‘lgan tosh buyumlar topildi”.

Karon shaharchasi 2012 yilda Yusufsho Yoqubov tomonidan topilgan edi. U dengiz sathidan 2000 m. balandlikda joylashgan bo‘lib, 100 ga. maydonga ega. Arxeologlar bu shahar yoshini 4000 yildan ortiq deb hisoblamoqda.

Etti yildirki olib borilayotgan qazishmalar natijasida olimlar bu yerdan juda ko‘p arxeologik yodgorliklarni topishdi. Besh gumbazli ibodatxona qoldiqlari, suv ibodatxonasi va ikkita shamol ibodatxonalari shular jumlasidandir. Bu topilmalar shahar aholisini 10 asrga qadar zardushtiylik dinida bo‘lgan, degan xulosa chiqarishga imkon beradi.

Yusufsho Yoqubov bunday dedi: “Karon – shohlar shahri bo‘lgan. Bu yerda qirol, vazirlar va podsho xizmatkorlari yashagan. Oddiy xalq esa, uning atrofida, yaqin qishloqlarda turmush kechirgan. Milodning 10 asrigacha bu yerdagilar zardushtiylik dinida bo‘lgan. Bu yerda so‘zimizni tasdiqlaydigan otashkada (olov uyi)dan tashqari dunyodagi eng qadimgi muqaddas “Avesto” kitobi qo‘yiladigan toshdan ishlangan lavhlar ham bor”.

Shuningdek, shaharchadan shamol tegirmonning qoldiqlari, ma’muriy va turar-joy binolari hamda polo o‘yini maydoni ham topilgan.

Shahar va unda topilgan observatoriya tarixiga oid batafsil ma’lumotlarni shahar haqida atroflicha o‘rganishlardan keyingina berish mumkin. Ushbu izlanishlarga taxminan 20 yilga yaqin muddat talab etiladi. Shu narsa ma’lumki, aholi 15 asr boshlarida ichimlik manbalari yetishmovchiligi sababli shaharni tark etishgan. 

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 23:00 11.09.2019. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!