Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tojikistonda Haj safari narxi aniq bo‘ldi

Tojikistonda Haj safari narxi aniq bo‘ldi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 2022 yilda Haj ziyorati qanchaga tushishini ochiqladi.

Departament matbuot kotibi Afshin Muqimning ma’lum qilishicha, bu yilgi ziyorat iyul oyining ikkinchi yarmida boshlanadi. Tojikistonning 3 500 ga yaqin fuqarosi Islom dinining besh arkonidan biri bo‘lgan Haj amalini bajarish uchun Makkaga tashrif buyurishi mumkin.

«Pandemiya sababli 2020 yilda bora olmaganlarga ustuvorlik beriladi. Bu yilgi Haj narxi, asosan, chiptalar narxining oshishi va Saudiya Arabistoni tomonidan turar joy narxining oshishi tufayli 4 500 dollarga ko‘tarildi», — deya qo‘shimcha qilgan Afshin Muqim.

Kiritildi: 17:19 21.05.2022. O'qildi: 5259 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!