Tojikistonda veyplarni ishlatish, ishlab chiqarish va sotish qonunan taqiqlanadi. Tegishli qonunni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqni Milliy majlis raisi Rustam Emomali berdi.
Qaror millat genofondini, ayniqsa yoshlar va o‘smirlar salomatligini himoya qilishga qaratilgan. Mutaxassislar veyplar nafas yo‘llari, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.