"Yaqin kelajakda «Dang‘ara» erkin iqtisodiy zonasida yiliga 2 milliard sigaret ishlab chiqarish quvvatiga ega tamaki zavodi quriladi. Shu maqsadda tamaki yetishtirishni qayta tiklaymiz", - dedi Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir RIA Novostiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston yuqori sifatli tamaki barglari yetishtirish bo‘yicha SSSRning yetakchi respublikalaridan biri hisoblangan.
“Dastlabki ikki yilida biz mamlakat ichida ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymagunimizcha tamaki mahsulotlarini Braziliya, Pokiston va Hindistondan sotib olish niyatidamiz”, — dedi vazir.