14 yanvar kuni Fox News telekanali AQSh Davlat departamenti hujjatlariga tayanib, Vashington 21 yanvardan boshlab 75 mamlakat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun barcha vizalarni to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar berdi.
Ammo biroz vaqt o‘tgach, material mualliflari matnga tuzatish kiritdi: ma’lum bo‘lishicha, gap barcha vizalar haqida emas, balki faqat immigrasiya vizalari haqida ketmoqda.
Bu masala yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Ahror Burhonovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatga kiritilmagan. Ayni damda O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSh vizalari odatdagi tartibda ko‘rib chiqilayotgani va hech qanday cheklov joriy etilmaganini bildirdi.
Ma’lumotga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti ayrim mamlakatlar bo‘yicha viza berish tartibini qayta ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonga nisbatan alohida qaror qabul qilinmagan.
AQSh Davlat departamenti Vizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatishga davlat byudjetiga yuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan arizachilarga qarshi choralar deb izoh bermoqda.
Ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Eron, Pokiston, Misr, Braziliya, Nigeriya kabi davlatlar tilga olingan.