Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada 2 mln kishi qidiruvda, dezertirlar soni esa 300 mingga yetgan

Ukrainada 2 mln kishi qidiruvda, dezertirlar soni esa 300 mingga yetgan

Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Mixail Fyodorov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda harbiy chaqiruvdan bo‘yin tovlagan juda katta miqdordagi fuqarolar va dezertirlar qidiruvga berilgan.

Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi byudjeti jiddiy tanqislikda bo‘lib, mablag‘ yetishmovchiligi 300 milliard grivnadan oshmoqda.

Shu bilan birga, Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat va mobilizasiya muddatini yana 90 kunga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Kiritildi: Bugun 19:35. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!