Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

TIV rahbari Shveysariya va Germaniya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

TIV rahbari Shveysariya va Germaniya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Baxtiyor Saidov ikki elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

11 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Simon Gigerning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follertning ham ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini ta’kidlandi.

Kiritildi: 20:00 11.08.2026. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!