1985 yilda "Titanik"ni qidirish AQSh dengiz floti tomonidan o‘ta maxfiy operasiyani yashirish edi.
Bu haqda CNN telekanaliga laynerni kashf etgan okeanshunos Robert Ballard ma’lum qildi.
"O‘shanda ko‘pchilik "Titanik"ni qidirish AQSh harbiy-dengiz kuchlari razvedkasi xodimi sifatida o‘tkazgan o‘ta maxfiy harbiy operasiyani yashirish ekanini bilmas edi... Biz Sovet Ittifoqi suvosti kemamiz qayerdaligini bilishini istamasdik", — dedi Ballard.
"Titanik" kashf etilganining 40 yilligi munosabati bilan Robert Ballard ushbu maxfiy operasiya tafsilotlarini oshkor qildi. Uning asosiy maqsadi Atlantika okeanida cho‘kib ketgan Amerikaning "Thresher" va "Scorpion" yadroviy suv osti kemalarini topish edi. Buning uchun Ballard tomonidan ishlab chiqilgan Argo deb nomlangan innovasion texnologiya ishlatilgan. Bu videoni pastdan masofadan boshqariladigan tadqiqot vositasi orqali kemaga uzatish imkonini berdi.
Ballard AQSh harbiy-dengiz kuchlarini ekspedisiya doirasida "Titanik"ni qidirish uchun vaqt va resurslarni ajratishga ishontirdi. Ko‘p yillik puxta rejalashtirishga qaramay, Ballard cho‘kib ketgan laynerni topish haqida hech qanday tasavvurga ega emas edi.
Buning asosiy sababi qidiruv uchun ajratilgan vaqtning cheklanganligi, shuningdek, muhandis Jan-Lui Mishel boshchiligidagi raqobatchi fransuz jamoasi tomonidan yangi va murakkab kema sonar tizimidan foydalanish edi. Ushbu ilg‘or texnologiya afsonaviy kemaning cho‘kish joyini tezroq aniqlashga yordam berishi kerak edi. Biroq, hatto u qattiq vaqt cheklovlari ostida muvaffaqiyatga kafolat bermadi.
Olim shuningdek, Scorpion qoldiqlarini o‘rganish unga "Titanik" halokat joyini topishga yordam berganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, katta kema cho‘kib ketganidan keyin ortda uzun vayronalar zanjirini qoldirgan, garchi ilgari ular bir joyda to‘planishiga ishonilgan edi. "Og‘irroq narsalar darhol tubiga cho‘kdi, yengilroqlari esa sekinroq cho‘kdi", deb tushuntirdi mutaxassis.