Zelenskiy Ukraina va uning ittifoqchilari “tinchlik rejasi” doirasida bir vaqtning o‘zida uchta hujjatni muhokama qilayotganini bildirdi.
"Ukraina, AQSh va Yevropadagi hamkorlar o‘t ochishni to‘xtatish, xavfsizlik kafolatlari hamda urushdan keyingi tiklanish bo‘yicha hujjatlarni muhokama qilmoqda", — deya aniqlik kiritdi Ukraina prezidenti.
Unga ko‘ra, 20 banddan iborat hujjat mavjud bo‘lib, u doimiy ravishda o‘zgarib turadi va bu normal holat.
"Bu Ukraina, Yevropa va butun dunyo manfaatlariga javob berishi kerak bo‘lgan jarayon", — dedi Zelenskiy.
"Ikkinchi hujjat — xavfsizlik kafolatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, hozir ushbu yo‘nalishda ish olib borilmoqda. Uchinchi hujjat esa urush tugagandan keyin Ukrainani qayta tiklashga bag‘ishlangan", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.