O‘zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Timur Kapadze Instagram sahifasida xayrlashuv maktubi yozib qoldirdi.
"Milliy jamoadagi faoliyatim nihoyasiga yetdi.
Bu yillar hissiyotlar, g‘alabalar va unutilmas tajribalar bilan to‘la bo‘ldi.
Futbolchilar, jamoa shtabi hamda federasiyaga ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildiraman.
Ayniqsa, muxlislarga — doimiy qo‘llab-quvvatlov, energiya va jamoaga bo‘lgan ishonchi uchun katta rahmat!
Bu jamoaning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman. Jamoaga kelgusidagi o‘yinlarda omad va yangi yutuqlar tilayman!", – deyiladi Kapadzening xayrlashuv maktubida.