Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Iroq osmonida AQShning yonilg‘i quyuvchi samolyoti qulab tushdi

A A A
Iroq osmonida AQShning yonilg‘i quyuvchi samolyoti qulab tushdi

AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligiga (CENTCOM) ko‘ra, hodisa Eronga qarshi “Epik g‘azab” nomli amaliyot doirasida “do‘st mamlakat havo kengligi”da ro‘y bergan.

"Hodisada ikki samolyot ishtirok etgan. Ulardan biri Iroq g‘arbida halokatga uchragan, ikkinchisi qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Bu dushman zarbasi yoki do‘stona zarba bilan bog‘liq emas", deyiladi CENTCOM bayonotida.

Qulagan samolyot bortida ekipajning qancha a’zosi bo‘lgani va ularning hozirgi holati haqida xabar berilmagan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

“Iroqdagi islom qarshiligi” nomli eronparast guruh Qo‘shma Shtatlarning KC-135 rusumli yonilg‘i quyuvchi samolyotini urib tushirgani haqida e’lon qilgan. Guruh bayonotida samolyot “mamlakat suvereniteti va havo hududini himoya qilish maqsadida” urib tushirilgani aytilgan.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, hodisada ishtirok etgan ikkinchi samolyot ham KC-135 rusumida bo‘lgan. Agentlikning xabar qilishicha, qulagan samolyot bortida olti nafargacha harbiy xizmatchi bo‘lgan.

KC-135 – AQShning Eronga qarshi yangi urushi davomida yo‘qotgan to‘rtinchi samolyoti bo‘ldi. Eronga qarshi harbiy amaliyotning dastlabki kunlarida Kuvayt osmonida Qo‘shma Shtatlarning F-15 rusumli uchta qiruvchi samolyoti mahalliy havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!