"Biz Ali Xominaiyni yo‘q qildik. Uning o‘g‘li Mujtabo Xominaiy esa qo‘g‘irchoq. Erondagi zolim rejimni almashtirish ustida ishlayapmiz, ammo buning uchun eronliklar ko‘chalarga chiqishi kerak. Agar men sug‘urta kompaniyalari o‘rnida bo‘lganimda, Eron oliy rahnamosi va “Hizbulloh” rahbarlarining hayotini sug‘urta qilmagan bo‘lardim", dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu.
Shuningdek, Netanyahu aviahujumlar natijasida eronlik yadroshunos olimlar o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Isroil bosh vazirining fikricha, Eron uchun “erkinlik sari yangi yo‘l yaqinlashmoqda”, mamlakat kelajagi esa uning fuqarolariga bog‘liq.