Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Timur Kapadze: "O‘zbekiston terma jamoasini har bir vatandosh kabi stadiondan qo‘llab-quvvatlashni xohlagandim, ammo..."

Timur Kapadze: "O‘zbekiston terma jamoasini har bir vatandosh kabi stadiondan qo‘llab-quvvatlashni xohlagandim, ammo..."

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze "oq bo‘rilar"ning Jahon chempionatidagi ishtirokini tomosha qilish uchun Amerika qit’asiga bormaganiga izoh berdi.

"Albatta, har bir vatandosh kabi biz ham o‘sha yerda bo‘lishni xohlardik. Nimaga endi bormaymiz? Lekin bunga imkoniyat bo‘lmadi. Agar vaziyatga qarab, masalan, VIP-lojada o‘tirganimizda, menimcha, zo‘r bo‘lardi. Buni, albatta, federasiya o‘ylagandir, bunisini bilmadim. Lekin vaqt tig‘izligi va ish sabab, biz ham yig‘inda, jamoa bilan birga edik. Umuman olganda, alohida chaqiriq yoki taklif ham bo‘lmadi. Shuning uchun mayli, dedik va shu yerdan turib ham muxlislik qildik. Eng asosiysi, o‘sha yerda shuncha muxlisimiz bor edi, ular O‘zbekiston bayrog‘ining maydonda aks etgani – buning o‘zi katta baxt. Bu narsalar bizni faxrlantirdi. Albatta, o‘zimiz ham o‘sha yerda bo‘lishimiz mumkin edi, lekin nima bo‘lganda ham, O‘zbekiston har doim qalbimizda. Bundan-da yaxshiroq ishtirok etishimiz mumkin edi. Ilk Jahon chempionatida hayajon rol o‘ynagandir. Biz ko‘prog‘iga loyiq edik, chunki futbolchilarning potensialini yaxshi bilaman. Eng asosiysi – ishtirok etdik va tajriba orttirdik", dedi 44 yoshli mutaxassis.

Kiritildi: 19:18 18.07.2026. O'qildi: 6695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!