Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Timur Kapadze: «Muxlislar g‘alabada ko‘klarga ko‘taradi, mag‘lubiyatda esa...»

Timur Kapadze: «Muxlislar g‘alabada ko‘klarga ko‘taradi, mag‘lubiyatda esa...»

«Navbahor» bosh murabbiyi Timur Kapadze Superliganing 26-turida «Andijon» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng fikr bildirdi.

«Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiyin va prinsipial bo‘lishini bilardik. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, golni ertaroq urishimiz ham mumkin edi. Eng muhimi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik», — dedi mutaxassis.

Kapadze namanganlik muxlislarning qo‘llab-quvvatloviga ham munosabat bildirdi.

«Bu juda yoqimli. Har bir muxlisga rahmat aytaman. Ularga quvonch ulashish uchun bor kuchimizni sarflayapmiz. G‘alaba qozonsangiz, ko‘klarga ko‘tarishadi, mag‘lub bo‘lsangiz esa... Muxlislarni xursand qilayotganimizdan mamnunmiz».

Shuningdek, murabbiy mavsum oxiridagi tig‘iz taqvim muammo tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.

«17 noyabr kuni terma jamoamiz safarda o‘ynaydi, 20 noyabrda esa bizni «Neftchi»ga qarshi derbi kutmoqda. Futbolchilar 18 noyabrda qaytishsa, tayyorgarlik uchun atigi bir kun qoladi. Undan keyin O‘zbekiston kubogi uchrashuvi ham bor.

Bu murabbiylar uchun jiddiy muammo. Albatta, milliy jamoa hamisha ustuvor, biz esa ishlashda davom etamiz», — dedi Kapadze.

Kiritildi: Bugun 13:54. O'qildi: 152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!