Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Xitoyning ByteDance kompaniyasi bosh kompaniyasi TikTok'ning Qo‘shma Shtatlardagi faoliyati ustidan nazoratni amerikalik va xalqaro investorlarga o‘tkazadigan qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha majburiy shartnomalarni imzoladi, deya xabar beradi agentlik.
Oracle, Silver Lake va MGX yangi kompaniyaning 80,1 foiziga egalik qiladi, ByteDance esa 19,9 foiz aksiyalarni saqlab qoladi.
TikTok bosh direktori Shou Szui-chyu xodimlar uchun eslatmada mazkur qo‘shma korxona "AQSh ma’lumotlarini himoya qilish, algoritm xavfsizligi, kontentni moderasiya qilish va dasturiy ta’minot sifatini ta’minlash bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘lgan mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritishini" bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv 2026 yil 22 yanvarda yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, yangi kompaniyaning qiymati taxminan 14 milliard dollarni tashkil etadi.