Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

TikTok kimning qo‘liga tushadi? AQShning katta bitimi yaqin!

TikTok kimning qo‘liga tushadi? AQShning katta bitimi yaqin!

TikTok'ning to‘rtta potensial xaridori bilan muzokaralar olib boryapmiz — AQSh prezidenti .

Donald Tramp ma’muriyati Xitoyning ByteDance kompaniyasiga qarashli TikTok qisqa videolar joylashtirish xizmatini sotib olishdan manfaatdor bo‘lgan to‘rtta turli tijorat guruhi bilan aloqa o‘rnatganini ma’lum qildi.

"Prezident Tramp to‘rttala potensial xaridor ham "yaxshi" ekanligini, shuningdek, yaqin kelajakda bitim tuzilishi ehtimoldan xoli emasligini ma’lum qildi", deya xabar beradi Reuters.

TikTok va ByteDance hozircha agentlikning ushbu vaziyatga izoh berish bo‘yicha so‘roviga javob bermadi.

Tramp 20 yanvardagi inaugurasiyasidan so‘ng TikTok'ning AQShda taqiqlanishini 75 kunga kechiktirgan edi. Bungacha respublikachi prezident ijtimoiy tarmoq aksiyalarining 50 foizi amerikaliklar qo‘lida bo‘lishi kerakligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunda TikTok "ishonchli qo‘llarga" tushadi va saqlab qolinadi.

Kiritildi: 20:10 10.03.2025. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!