“AQShda TikTok-ni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi, afsuski, bu siz hozirda TikTok'dan foydalana olmaysiz”, — deyiladi amerikalik foydalanuvchilar 18-yanvar kuni kechqurun ko‘rgan belgi matnida. Shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inaugurasiyadan keyin “TikTok'ni qayta tiklaydigan yechim ustida ish olib borishi” qayd etilgan. Avvalroq Tramp TikTok ijtimoiy tarmog‘iga taqiqdan 90 kunlik muhlat berishini aytdi.
Avvalroq AQSh Oliy sudi TikTok'ni ushbu ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi sotmasa, AQShda taqiqlanishiga ruxsat beruvchi qonunni ma’qullagan edi. Ushbu qonun loyihasini qabul qilgan kongressmenlarning fikricha, TikTok AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soladi, chunki u foydalanuvchi ma’lumotlarini Xitoy rasmiylariga o‘tkazish imkonini beradi.
ByteDance Oliy sudga o‘z biznesini sotishga majburlovchi qonunni bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qildi. Birinchi prezidentlik davrida TikTok-ni taqiqlash g‘oyasini faol qo‘llab-quvvatlagan Trampning o‘zi endi platformaga nisbatan ritorikasini yumshatdi. “Men yosh saylovchilar orasida 34 ball bilan g‘alaba qozondim, deyishadi, bunga TikTok'ning aloqasi bor”, — dedi u 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Dekabr oyi o‘rtalarida Amerikaning bir qancha ommaviy axborot vositalari Donald Tramp va ByteDance bosh direktori Shou Szu Chu o‘rtasidagi uchrashuv haqida xabar bergan edi.