TikTok bosh direktori Shou Szi Chu 20 yanvar kuni AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inaugurasiya marosimida ishtirok etishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Agenzia Nova.
Bu haqda New York Times gazetasi maxfiy manbalarga asoslanib xabar berdi.
Shou Szi Chu inaugurasiya marosimida sobiq prezidentlar, ularning oila a’zolari va muhim mehmonlar bilan birga ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirda Meta bosh direktori Mark Sukerberg, Tesla va SpaceX asoschisi va bosh direktori Ilon Mask, Amazon Group asoschisi va rahbari Jeff Bezos ham ishtirok etadi.
Xitoyning ByteDance kompaniyasi TikTok bosh direktorining marosimda ishtirok etishini hali tasdiqlamadi. Bu TikTokning AQShda duch kelayotgan muammolari bilan bog‘liq. Platforma kelasi yakshanba kuni Kongress tomonidan qabul qilingan va prezident Jo Bayden tomonidan milliy xavfsizlik yuzasidan imzolangan qonunga muvofiq AQSH-da taqiqlanishi mumkin.
Biroq, The Washington Post nashrining anonim manbalarga tayanib ma’lum qilishicha, Donald Tramp platformani “qutqarish”ning bir qancha variantlarini, jumladan, qonunning amal qilishini 2-3 oyga vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risidagi farmonni imzolash rejasini ko‘rib chiqmoqda.
O‘tgan oy Tramp shuningdek, AQSh Oliy sudini TikTokni taqiqlash bo‘yicha qaror chiqarmaslikka chaqirdi.