Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Tibbiyot brigadalari” uchun jami 8,5 mingta qo‘shimcha shtat ajratiladi

A A A
“Tibbiyot brigadalari” uchun jami 8,5 mingta qo‘shimcha shtat ajratiladi

Davlatimiz rahbarining “2022–2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar hamda homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish uchun:

📌 2022 yil 1 iyuldan boshlab “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 3 600 ta;

📌 2023 yil 1 yanvardan boshlab yana qo‘shimcha 4 900 ta o‘rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratiladi.

✅ Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hududida ilik ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 yilda yangi maxsus amaliyot kompleksining binosini qurish va jihozlash uchun Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasidan zarur mablag‘ ajratiladi.

✅ 2022 yil 1 maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi.

❗️2022–2025 yillar davomida 227 ta tug‘uruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni to‘liq ta’mirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘lari jalb qilinadi.

Kiritildi: 22:13 26.04.2022. O'qildi: 4085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!