The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, amerikaliklar orasida Isroilni qo‘llab-quvvatlash darajasi pasayib borayotgani ortidan mamlakat AQSh jamoatchilik fikriga ta’sir qilish uchun qiymati 50 million dollar bo‘lgan kampaniyani yo‘lga qo‘ygan.
Nashrning yozishicha, kampaniya doirasida sun’iy intellekt orqali xabarlar tarqatish, inflyuyenserlar, konservativ OAV hamda Donald Tramp atrofidagi shaxslar bilan hamkorlik qilish usullaridan foydalanilmoqda.