Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"The Asia Times" O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 1 nafari vafot etgani to‘g‘risida yozdi, ammo...

"The Asia Times" O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 1 nafari vafot etgani to‘g‘risida yozdi, ammo...

1. "The Asia Times" xorijiy portalda  O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlardan 1 nafari vafot etgani to‘g‘risida maqola chop etildi - bu feyk xabar.

 2. Telegram messenjerining ayrim kanal va guruhlarida yurtimizdagi aptekalarda  koronavirusga qarshi dori vositasi sotilayotgani to‘g‘risida e’lonlar tarqalmoqda - bu feyk xabar. (infeksiyasiga qarshi vaksina yoki preparatlar mavjud emas)

 3. Telegram messenjerida Buxoro viloyati Jondor tumanida 2 fuqaro koronavirusga chalingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi - bu feyk xabar.

 4. Ijtimoiy tarmoqlarda «har bir fuqaroga haftasiga 300 ming so‘mdan berilishi» haqida  xabarlar  tarqatildi - bu feyk xabar.

 5. Ijtimoiy tarmoqlar amerikalik olimlar tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ixtiro qilingani va u bemor tanasiga yuborilganidan keyin 3 soat ichida ta’sir ko‘rsatishni boshlashi haqida xabarlar tarqatildi- bu feyk xabar.

Eslatib o‘tamiz, vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. ?

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Kiritildi: 15:37 24.03.2020. O'qildi: 10001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!