Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tezlik 20 yoshli yigitning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi

Tezlik 20 yoshli yigitning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 09:00 larda Sirdaryo tumani IIBga tushgan xabarga ko‘ra, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Kamolot MFY hududidan o‘tgan M 39 avtomobil yo‘lining 874-kilometrida, haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan I.X. xavfsizlik kamarini taqmasdan “Neksiya-3” rusumli avtomobilda tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning chap tomonidagi daraxtga urilib, qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Neksiya-3” rusumli avtomobil haydovchisi 20 yoshli I.X. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

“Gazel” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 46 yoshli O.D. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Neksiya-3” va “Gazel” rusumli transport vositalari haydovchilarining har biri, bir yil mobaynida 5 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

Kiritildi: 14:37 14.09.2020. O'qildi: 2353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!