Erondagi "Telegan" yadroviy markazi Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) tomonidan amalga oshirilgan zarba nishoniga aylandi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.
U yerda qayd etilishicha, zarba Isroil Harbiy-havo kuchlari tomonidan "aniq razvedka ma’lumotlari" asosida berilgan. Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, hujumga uchragan majmuadan Eron go‘yoki yadroviy qurol ishlab chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalangan.