Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tez orada voyaga yetmaganlar mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishi mumkin — MB

Tez orada voyaga yetmaganlar mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishi mumkin — MB

Markaziy bankning ma’lum qilishicha , 14–18 yoshli yoshlar endi banklarda o‘z nomiga hisobvaraq ochishi mumkin. Yaqin vaqtlarda ular bank kartalaridan mobil ilova orqali to‘lov qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi kutilmoqda.

Bunda xavfli amaliyotlar uchun qo‘shimcha identifikasiya (Face ID va boshqalar) saqlab qolinadi — bu firibgarliklarning oldini olish uchun zarur.

MB bank va to‘lov tashkilotlariga voyaga yetmaganlarga mobil to‘lov imkoniyatini berish, biroq yuqori xatarli operasiyalarda qo‘shimcha tekshiruvlarni saqlash bo‘yicha ko‘rsatma yubordi.

Yaqin vaqt ichida yoshlar mobil ilova orqali o‘z kartalaridan bemalol foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 20:35 04.12.2025. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!