Avtomobil texpasportni har 5 yilda yangilash talabi rost, ammo uning narxi 2,8 mln so‘mdan oshadi degan gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, bu jarayonda avtomobil qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi, faqat texpasport yangilanadi.
Xarajat esa haydovchilik guvohnomasini almashtirish kabi oddiy va ancha arzon bo‘ladi.