Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Texnika universitetida 11 nafar dekan va dekan o‘rinbosari lavozimi qisqaradi. Dekanatlarning talabalarga xizmat ko‘rsatishi to‘liq raqamlashtiriladi - prezident

Texnika universitetida 11 nafar dekan va dekan o‘rinbosari lavozimi qisqaradi. Dekanatlarning talabalarga xizmat ko‘rsatishi to‘liq raqamlashtiriladi - prezident

Prezident yangi tashabbuslarni Texnika universiteti misolida sharhlab berdi:

“Oliygohda mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklar qisqaradi.“Oliygohda mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklar qisqaradi.

- Bakalavriat – 74 tadan 32 taga, magistratura – 76 tadan 58 taga qisqaradi, 4 ta yangi yo‘nalish kiritiladi.

- Kafedralar 62 tadan 51 taga birlashadi.

-Universitet to‘liq dual-ta’limtizimiga to‘liq o‘tadi.

-Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi.

- Oliygohdagi ta’lim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Sukuba universiteti (Yaponiya)dasturlariga moslashtiriladi.

- Professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasi 400-450 soatga kamayishi hisobiga bo‘sh vaqt ilm, malaka oshirish va talaba bilan manzilli ishlashga yo‘naltiriladi.

- Dekanatlarni talabalarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari to‘liq raqamlashadi.

- Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinib, 11 nafar dekan va dekan o‘rinbosari lavozimi qisqaradi.

Shuningdek, davlat rahbari 36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qolishi, bunda har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti bo‘lishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:19 20.06.2024. O'qildi: 1461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!