Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Tesla Shanxayda energiya saqlash megafabrikasini ishga tushiradi

Tesla Shanxayda energiya saqlash megafabrikasini ishga tushiradi

Amerikaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi kelgusi haftada Xitoyning eng yirik megapolisida Megapack energiya saqlash akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Sinxua agentligining xabar berishicha, dastlabki bosqichda ushbu megazavodning yillik ishlab chiqarish hajmi umumiy elektr quvvati taxminan 40 GVt/soat bo‘lgan 10 ming dona Megapack energiya saqlash moslamasini tashkil etadi.

Zavodning maydoni taxminan 200 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Sharqiy Xitoyning Shanxay shahridagi ushbu megafabrika qurilishi o‘tgan yil oxirida yakunlangan edi. 2024 yil may oyida ishga tushirish marosimidan so‘ng loyihani yakunlash uchun bor-yo‘g‘i etti oy vaqt ketdi. Sinov amaliyoti o‘tgan oy boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, megafabrika Amerika ishlab chiqaruvchisi Tesla tomonidan energiya saqlash moslamalarini ishlab chiqarish uchun AQShdan tashqarida qurilgan birinchi turdagi zavoddir. 2019 yildan beri Shanxayda Tesla elektromobillarini ishlab chiqarish zavodi ishlamoqda, unga 50 milliard yuandan ortiq sarmoya kiritildi.

Kiritildi: 16:15 06.02.2025. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!