Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tesla AQShda quyoshdan energiya oluvchi ilk avtonom zaryad stansiyasini ochdi

Tesla AQShda quyoshdan energiya oluvchi ilk avtonom zaryad stansiyasini ochdi

Tesla kompaniyasi AQShda tashqi elektr tarmoqlariga ulanmagan, to‘liq quyosh energiyasida ishlaydigan ilk avtonom zaryad stansiyasini ishga tushirdi. Bu Ilon Maskning uzoq yillik g‘oyasining amaliy natijasi bo‘ldi.

Tesla kompaniyasi AQShning Kaliforniya shtatida Oasis Supercharger deb nomlangan elektromobillar uchun ilk to‘liq avtonom zaryad stansiyasini faoliyatga kiritdi. Electrek nashrining xabar berishicha, ushbu stansiya elektr tarmoqlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatadi va energiya manbai sifatida faqat quyosh panellari va energiya to‘plagichlaridan foydalanadi.
Yangi stansiyada 168 ta zaryadlash postlari o‘rnatilgan bo‘lib, hozircha ularning yarmi ishlamoqda. Elektr energiyasi quvvati 39 MVt/soat bo‘lgan stasionar batareyalarda jamlanadi. Bu energiya to‘plamlari quyoti 11 MVt bo‘lgan quyosh panellari orqali quvvatlanadi.
Oasis Supercharger to‘liq mustaqil ravishda, tashqi manbalar yordamisiz elektromobillarni zaryadlash imkoniyatiga ega. Kompaniya yil yakuniga qadar barcha postlarni ishga tushirish va yopiq energiya tizimini to‘liq yakunlashni rejalashtirgan.
Stansiya quyoshli kunlar ko‘p kuzatiladigan hududda joylashgan bo‘lib, uning atrofi keng maydonli quyosh panellari bilan qoplangan. Hozircha ushbu loyihaning iqtisodiy samaradorligini baholash mushkul, chunki stansiyaning o‘zini qoplashi uchun doimiy yuklama talab etiladi.
Bundan avval Tesla AQShda robot taksi xizmati sinovini boshlagani haqida xabar berilgan edi. Hozirda sinovlarda rul va pedalsiz Cybercab o‘rniga Model Y avtomashinalari foydalanilmoqda va old o‘rindiqda Tesla xodimi kuzatuvchi sifatida o‘tirmoqda.

Kiritildi: 18:05 07.07.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!