Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

"Terrorchilar Kashmirni yana vayron qilishni istamoqda" - Narendra Modi

"Terrorchilar Kashmirni yana vayron qilishni istamoqda" - Narendra Modi

Terrorchilar tinchlikka qaytayotgan va rivojlanayotgan Hindiston Kashmirini yana vayron qilmoqchi, deya fikr bildirdi Hindiston bosh vaziri

Narendra Modi bu haqda an’anaviy yakshanba kungi radio murojaatida bayon qildi. U Hindistonning Jammu va Kashmir hududidagi Pahalgam sayyohlik shahrida sodir etilgan hujumga munosabat bildirdi va bu hodisa oqibatida unda 26 kishi halok bo‘lganini aytdi.

"Pahalgamdagi terakt terrorizmga homiylik qiluvchilarning umidsizlik va qo‘rqoqligini ko‘rsatadi. Kashmirda tinchlik tiklanayotgan, maktab va kollejlar faoliyat yuritayotgan, demokratiya mustahkamlanayotgan, turizm rivojlanayotgan va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotgan bir vaqtda, Jammu va Kashmir hamda butun mamlakat dushmanlariga bu holat yoqmadi. Terrorchilar Kashmirni yana vayron qilishni istamoqda", — deya fikr bildirdi Modi.

Kiritildi: 23:47 27.04.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!