Niger janubi-g‘arbida terrorchilar tomonidan 44 nafar tinch aholi vakili o‘ldirildi.
Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
"21 mart kuni Fonbita qishlog‘ida terrorchilar masjidga vahshiyona hujum uyushtirishi oqibatida 44 nafar tinchi aholi vakili halok bo‘ldi", deyiladi bayonotda.
Fojia sababli mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.