"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz tumanida joylashgan “Z. SH.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish binosida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 300,5 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.