Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Termiz shahrida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Termiz shahrida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida “F.U.O.” MCHJga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 478 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:20. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!