Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 iyun kuni Toshkentda Qatarni qabul qiladi.
Katta ehtimol bilan o‘yinni termamiz yetakchisi Otabek Shukurov o‘tkazib yuborishi mumkin. BAA bilan o‘yinda (0:0) u jarohat olgan va kechagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan.
O‘zbekiston - Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:45'da start oladi.