Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Tergovchi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tergovchi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

⚠️ Namangan viloyati IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilib, tugatib yuborish evaziga ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali 40 ming AQSh dollari talab qilgan.

🇺🇿 Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlar hay’ati advokati gumonlanuvchining otasidan 40 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, advokatdan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida tergovchining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan, advokatga esa Jinoyat kodeksining 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: Bugun 18:05. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!