Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ter Shtegen Abduqodir Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Ter Shtegen Abduqodir Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Angliya Premyer-ligasida ishlash imkoniyatiga ega. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli germaniyalik futbolchining transferiga Edersonga o‘rinbosar izlayotgan "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik darvozabon klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, "shaharliklar"ni tark etishi ehtimoli yo‘q emas. Unga Saudiya klublaridan qiziqish bor.

Ter Shtegen "ko‘k-anorranglilar" safida 2014 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan mehnat shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Darvozabonning bozor narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:19 14.06.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!