Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Teng imkoniyat – inklyuziv bandlik» loyihasi nima?

«Teng imkoniyat – inklyuziv bandlik» loyihasi nima?

Beshinchi yo‘nalish – ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

«Hamma eshitib olsin, bundan buyon daromad topish imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslar kambag‘allar reestrida bo‘lmaydi. Ularni qo‘llab-quvvatlashni davlat zimmasiga oladi»,
– dedi Prezidentimiz.

Yangi yildan «Teng imkoniyat – inklyuziv bandlik» loyihasini joriy etib, nogironligi bo‘lgan 40 ming odamni ishli qilish muhim ekani ta’kidlandi. Bandlik jamg‘armasidan ularga 30 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Kambag‘allikka qayta tushish xavfi mavjud oilalarga ijtimoiy yordam va imtiyozlar saqlab qolinadi.

Ularga 6 oy mobaynida moddiy yordam va bolalar nafaqasi to‘lanishi davom ettiriladi, bog‘cha va to‘garak xarajatini qoplash, davolanish orderi kabi 110 ta ijtimoiy xizmat va yordamdan 12 oy davomida qo‘shimcha foydalanish imkoni beriladi.

Bundan tashqari, og‘ir hayotiy vaziyat sababli kambag‘allikka tushib qolishi xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni oldindan aniqlab, ularga manzilli yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Bu vazifalar ustidan nazorat hamda viloyat hokimlari bilan ijrosini tashkil qilish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Kiritildi: Bugun 17:58. O'qildi: 175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!