Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ten Xag Ronaldu haqida: «U mashg‘ulotlarda hatto yugurmasdi»

Ten Xag Ronaldu haqida: «U mashg‘ulotlarda hatto yugurmasdi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduni tanqid qilib, uning mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

«Krishtianu menga ham, jamoaga ham pand berdi. Chunki bizning muayyan rejalarimiz bor edi. Men uni juda hurmat qilardim. U futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri.

Ammo bosh murabbiy sifatida men oqilona qaror qabul qilishim kerak edi.

Ronaldu mashg‘ulotlarda to‘p bilan ham, to‘psiz ham yugurmasdi. U tayyorgarlik ko‘rmasdi. Vaholanki, eng yaxshi futbolchi jamoa manfaati uchun mehnat qilishi shart.

Mashg‘ulotlar paytida Krishtianu hammaga oyoqlarini ehtiyot qilish kerakligini aytardi», — deya ten Xagning so‘zlarini keltiradi The Touchline akkaunti.

Niderlandiyalik mutaxassis 2022–2024 yillarda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 17:34 20.10.2026. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!