Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Tehron Vashingtonni ogohlantirdi: yangi hujum mintaqaviy energetika inqiroziga olib kelishi mumkin

Tehron Vashingtonni ogohlantirdi: yangi hujum mintaqaviy energetika inqiroziga olib kelishi mumkin

Eron agar AQSh uning hududiga yana hujum qilsa, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi muhim energetika ob’ektlariga javob zarbasi berishidan ogohlantirdi.

Bu haqda manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 28 iyul kuni Eronning energetika tizimj va infratuzilmasiga zarba berish bilan tahdid qilgan edi. Shundan so‘ng Eron yuqori darajadagi diplomatik aloqalarni keskin oshirdi.

Manbalarning bildirishicha, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Saudiya Arabistoni, Turkiya va Qatar tashqi ishlar vazirlari hamda Pokiston armiyasi qo‘mondoni bilan gaplashgan. Aroqchi Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Trampga ta’sir o‘tkazishga va uni hujumdan qaytarishga chaqirgan. U har qanday hujum AQSh ob’ektlariga hamda Ko‘rfazdagi energetika infratuzilmasiga javob zarbasiga sabab bo‘lishini aytgan.

Ushbu ogohlantirish Fors ko‘rfazining barcha davlatlariga tegishli bo‘lgan. U asosan Saudiya Arabistoni va Qatar orqali yetkazilgan. Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Donald Tramp bilan gaplashib, harbiy harakatlarni ortga surishni va muzokaralarga qaytishni so‘ragan. 2 avgust kuni Tramp Eron bilan tezda kelishuvga erishish sharti bilan hujumni bekor qilishga rozi bo‘lganini bildirdi.

Eron rahbariyati, shuningdek, AQShning Ko‘rfazdagi harbiy bazalarini yopishni va bu davlatlardan Vashington bilan razvedka ma’lumotlarini bo‘lishishni to‘xtatishni talab qilmoqda.

Eron rasmiysiga ko‘ra, endi Tramp ikkita qiyin tanlov yo‘lida turibdi: butun mintaqani urushga tortish va dunyo energiya ta’minotini izdan chiqarish yoki Vashington xohlagan mutlaq g‘alabadan pastroq bo‘lgan diplomatik kelishuvga rozi bo‘lish.

Kiritildi: 22:20 06.08.2026. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!