Eron Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil bilan kelajakda agressiyadan voz kechish kafolatlari beriladigan tinchlik shartnomasi imzolanishini talab qilmoqda.
Bu haqda "The New York Times" nashri Eron rasmiylariga tayanib yozmoqda.
«Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishdan manfaatdor emas va barqaror tinchlik shartnomasini tuzishni xohlaydi», — deyiladi nashrda.
Shuningdek, Tehron G‘arbdan Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga erishishga harakat qilayotgani qayd etilgan.