Agar Vashington o‘z pozisiyasini o‘zgartirmasa, Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmaydi, deb xabar berdi Eron muzokaralar guruhiga yaqin bo‘lgan xabardor manba «Fars» agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron go‘yoki AQShga muzokaralar o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Manba Islom Respublikasi Vashingtonga muzokaralarni qayta boshlash bo‘yicha hech qanday so‘rov yubormaganini ta’kidladi.