Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Tehron AQShning mojaroni hal qilish rejasiga javob qaytardi

Tehron AQShning mojaroni hal qilish rejasiga javob qaytardi

Tehron Amerika tomoniga qurolli mojaroni hal qilish rejasi bo‘yicha o‘z muqobil mulohaza va e’tirozlarini taqdim etdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘ai ma’lum qildi.

U brifing davomida bir qator mulohazalar va tuzatishlar Pokiston tomoni orqali AQShga yetkazilganini ta’kidlab o‘tdi.

«Biz takliflarni ko‘rib chiqdik va kecha e’lon qilinganidek, o‘zimizning nuqtai nazarimizni Amerika tomoniga yetkazdik», — deya Bag‘aining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti» axborot agentligi.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!