Bugun 5 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tbilisi meri: "NATO ko‘p yillar mobaynida Ukraina va Gruziyani aldab keldi"

Tbilisi meri: "NATO ko‘p yillar mobaynida Ukraina va Gruziyani aldab keldi"

NATO rahbariyati yillar davomida Gruziya va Ukrainani chalg‘itib, ularni ittifoqqa qabul qilishga va’da berib kelgan, aslida esa ularda bunday reja yo‘q edi.

Bu haqda Tbilisi meri Kaxa Kaladze jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p yillar davomida Gruziya va Ukrainaga NATO eshiklari ochiqligi aytilgan, ammo endi ittifoq vakillari ularning qo‘shilishi amalda imkonsiz ekanligini ochiqchasiga aytmoqdalar.

O‘z navbatida, Yevropa integrasiyasi bo‘yicha Parlament qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Tornike Pagava, agar NATO Gruziyani o‘z safiga qabul qilishdan qat’iyan bosh tortsa, Tbilisi ko‘p vektorli tashqi siyosat yuritishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi NATOga a’zo davlatlar allaqachon ittifoqning sharqqa yanada kengayish rejasi yo‘qligini bildirishgan.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 1342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!