Rossiya kuchlari yana bir bor Ukraina poytaxti Kiyev va Kiyev viloyatiga katta zarbalar bermoqda.
5 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da boshlangan hujum ballistik raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirildi.
Kiyevning Obolonskiy, Golosiyevskiy va Desnyanskiy tumanlari, shuningdek, Kiyev viloyatidagi Brovary shahriga zarba berildi.
Kiyev va Kiyev viloyatidagi hujumlar natijasida Ukrainaning taniqli "Episenter" va Rozetka chakana savdo tarmoqlariga tegishli uchta yirik omborxona majmuasi vayron qilindi.