Bugun 5 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: Eron uchun «so‘nggi imkoniyat» qoldi

Tramp: Eron uchun «so‘nggi imkoniyat» qoldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Vashington bilan kelishuv imzolash uchun «so‘nggi imkoniyat»ga ega ekanini bildirdi. Uning aytishicha, Yaqin Sharqdagi qator ittifoqchi davlatlar murojaatidan so‘ng Eronga qarshi harbiy zarbalar yana bir bor kechiktirilgan.

«Ko‘plab davlatlar qo‘ng‘iroq qildi. Hamma bunga so‘nggi imkoniyat berishni istadi. Bu — so‘nggi imkoniyat», — dedi Tramp Oq uydagi Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda.

Undan nega bu safar ham avvalgidek harbiy zarbalar bekor qilingani haqida so‘ralganda, Tramp: «Ularning boshini olishdan oldin so‘nggi imkoniyatni bermoqchiman», — deya javob berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Eron bilan muzokaralar tez sur’atda olib boriladi. Uning fikricha, seshanbaga qadar Hurmuz bo‘g‘ozi to‘liq ochilishi mumkin va bu bo‘lajak kelishuvning «birinchi bosqichi» bo‘ladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bosqich Eronning yadroviy dasturini to‘liq tugatish (denuklearizasiya)dan iborat bo‘ladi. U bu jarayon «biroz ko‘proq vaqt talab qilishini» tan oldi.

Shuningdek, Tramp har ikki maqsad AQSh va Eron o‘rtasida iyun oyida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumida ham belgilab qo‘yilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:30 04.08.2026. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!